27/11/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmonga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakat bo‘ylab “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Zangiota tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan harbiy qism xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni qayd etish va yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonining muhim jihatlari hamda mas’ullar zimmasiga yuklatilgan vazifalar borasida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminarning maqsadi — harbiy xodimlarni ro‘yxatga olishning barcha texnik va tashkilotchilik jihatlariga o‘qitish, aniq va to‘liq ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlashdir.