26/11/2025

Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2025- yil 25- noyabr kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda boshqarma rahbariyati hamda tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti F. Jo‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 207-son farmoni mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda belgilangan asosiy vazifalar yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining huquqiy asoslari boʻyicha taqdimot namoyish etildi. Taqdimotda ro‘yxatga olish jarayonining maqsadlari, tashkil etilish tartibi va huquqiy mexanizmlariga oid batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yangilanayotgan qonunchilik talablarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim ahamiyat kasb etdi.