🔺 2026- yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda o‘tkazilishi belgilangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik doirasida hududlarda “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ham ushbu yo‘nalishda amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida “Mahalla yettiligi” a’zolariga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, aholi bilan muloqot olib borishning muhim qoidalari, ma’lumotlarni elektron tizimga aniq kiritish, shakllarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda boshqa zarur amaliy masalalar bo‘yicha tushuntirish va metodik ko‘rsatmalar berildi.





