🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik yuqori saviyada davom ettirilmoqda.
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda chegara hududlarda joylashgan mahallalardagi tadbiroldi jarayonlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida vazir o‘rinbosari mas’ullarga ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.






