21/11/2025

 2025- yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 239,7 ming tonna goʻsht, 841,5 ming tonna sut, 1 123,9 mln dona tuxum va 12,2 ming tonna baliq ovlandi.

9 oyda yetishtirilgan goʻsht hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni, sogʻib olingan sut – 101,2 % ni, olingan tuxum – 110,1 % ni hamda ovlangan baliqlar – 107,1 % ni tashkil qildi.