06/11/2025

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

✅Bugun "Tong" madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi boshqarma boshlig'i Zoyir Yo'ldoshev, shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilishga doir ishlar va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirish masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.