03/11/2025

👥 Xitoy dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat sifatida aholini ro‘yxatga olishga alohida e’tibor qaratadi. Xitoyda birinchi aholini ro‘yxatga olish 1953-yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, eng so‘nggi ro‘yxatga olish 2020-yilda amalga oshirildi va u dunyodagi eng yirik statistika tadbiri sifatida tarixga kirdi.

 📄 An’anaviy ravishda Xitoyda aholini ro‘yxatga olish keng ko‘lamli va jismoniy tarzda amalga oshirilgan: millionlab ro‘yxatga oluvchilar har bir uyni aylanib, ma’lumot yig‘ishgan. Shu bilan birga, zamonaviy texnologik yechimlar bilan bu jarayon ancha samarali va tezkor shaklga keltirildi.

 ✅ 2020 yilgi aholini ro‘yxatga olishda Xitoy quyidagi innovatsion yondashuvlarni qo‘lladi:

 – Mobil ilovalar orqali ro‘yxatga oluvchilar ma’lumotlarni real vaqt rejimida markaziy serverlarga uzatdi;

– Fuqarolar uchun onlayn o‘zini-o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi ishlab chiqildi;

– GPS texnologiyalari yordamida ro‘yxatga olinmagan hududlar tezkor aniqlab borildi;

– Ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy maxfiylik qattiq nazorat ostiga olindi.

 ✅ Xitoy tajribasining afzalliklari sifatida keng ko‘lamli va tezkor ma’lumot yig‘ish, elektron texnologiyalar orqali xatoliklarni kamaytirish, shuningdek, demografik siyosatni real vaqtda shakllantirish imkoniyati kabilarni e’tirof etish mumkin.