2025- yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, 86 112,2 mlrd so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (85,6 %) ni tashkil etgan holda Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda 4 478,6 mlrd so‘m (4,4 %), Elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda 9 726,8 mlrd so‘m (9,7 %) hamda Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 335,1 mlrd so‘m (0,3 %) ni tashkil etdi.



