✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi PF–173-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatga olish tadbirlari 2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar o‘tkaziladi.
2025- yil 9- oktyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O.Sattorov hamda mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi X.Ro‘zimatova bilan birgalikda Bo‘stonliq tumanidagi “Burjmullo” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi. Uchrashuvda olis hududlardagi 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inining “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etdilar.
O‘qitish jarayonida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarni raqamlashtirish, shuningdek aholining mazkur jarayonda faol ishtirokini ta’minlash, ro‘yxatga olish jarayonining shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.





