2025- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda yalpi hududiy mahsulot deflyatori indeksi 2024- yilning yanvar-iyun oylaridagi narxlarga nisbatan 107,6 foizni tashkil etdi. YAHM deflyatori indeksining eng yuqori ko‘rsatkichlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 110,6 %, xizmatlar sohasida – 108,7 % qayd etildi.



