2025- yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,3 % foiziga to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni tashkil etgan holda 11 trln so‘m miqdorida qayd etildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (2024- yilning mos davriga nisbatan 198,1 %), Qibray (173,2 %) va Bo‘ka (162,6 %) tumanlarida kuzatildi.




