03/10/2025

 2025- yil 1- sentyabr holatiga viloyatda chet el investitsiyasi ishtirokidagi 2 132 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 465 tasi qo‘shma korxona, 1 667 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar tahlil qilinganda, yetakchi o‘rinni Xitoy davlati egallab, uning hissasiga 890 ta korxona to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 43,0 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib, hissasini qo‘shayotgan mamlakatlar orasida Turkiya (10,3 %), Rossiya Federatsiyasi (9,6 %), Qozog‘iston (4,1 %) va Janubiy Koreya (3,2 %) ham alohida o‘rin tutadi.