30/09/2025

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni kasb bayramingiz – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etadi!

Siz, moʻtabar ustozlar, har bir avlodning ma’naviy dunyosi, bilim va tarbiyasini shakllantirib, Vatanimiz kelajagi uchun beqiyos xizmat qilib kelmoqdasiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, sharafli va mas’uliyatli mehnatingizda omad va yutuqlar, oilangizga esa tinchlik va farovonlik tilaymiz.

Sizning fidokorona mehnatingiz har doim yuksak qadrlanadi va yurtimiz taraqqiyotining muhim poydevori bo‘lib qolaveradi.