30/09/2025

 ✅Joriy yilning 29-sentyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi T.Samenderov hududlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor va o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, sinflar bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni satrlarga to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha slayd yordamida tushuntirib berildi hamda berilgan savollarga atroflicha javob berib oʻtildi.