18/09/2025

2025- yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 163,4 ming tonna go‘sht yetishtirildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga ko‘p yetishtirilgan.

Yetishtirilgan go‘shtning umumiy hajmidan 1,8 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga, 79,9 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 18,3 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.