O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan sentyabr oyi yurtimizda “Xon atlas” oyligi deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etib, nafis milliy liboslar – xon atlaslarda chiqishlar namoyish etdilar.
Betakror rang va naqshlarda ifodalangan milliy va zamonaviy uslublarning uyg‘unligi xalqimizning boy madaniy merosi va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni ifoda etdi.
Milliylikni targ‘ib qilish har bir millat uchun muhim, chunki bu o‘z madaniyati va an’analarini saqlash va rivojlantirishning eng asosiy yo‘lidir.






