17/09/2025

⚡️2025- yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 520 tani tashkil qildi. Shundan 210 tasi yangi tashkil etilgan.

Bundan tashqari 1 339 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ushbu hududda nisbatan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlardan savdo sohasida 848 ta, sanoat sohasida 332 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha  korxona va tashkilotlar 179 tani tashkil qildi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan  xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni jami 84 tani, shundan 10 tasi qo‘shma korxonalar va 74 tasi xorijiy korxonalarga to‘g‘ri keladi.