2025- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 397 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 305 tani tashkil qildi (ulushi 7,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 297 ta
- Toshkent tumani – 253 ta
- Qibray tumani – 269 ta
- Chirchiq shahri – 276 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 175 ta
- sanoat sohasida – 410 ta
- qurilish sohasida – 123 ta
- savdo sohasida – 1 647 ta
- tashish va saqlash sohasida –53 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 311 ta
- axborot va aloqa sohasida – 53 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 130 ta
- boshqa sohalarda – 403 ta




