2024- yilda Toshkent viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 598 tani tashkil etgan. Bu esa 2023- yilning mos davriga nisbatan 293 taga ko‘p demakdir. Ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning, jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonidagi ulushi 16,6 % ni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi Zangiota 484 ta (8,6 %), Qibray – 467 ta (8,3 %), Bo‘stonliq - 435 ta (7,7 %) tumanlari hamda Chirchiq 537 ta (9,6 %), Angren 400 (7,1 %) shaharlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.




