2025- yil 29- avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda boshqarma rahbariyati va tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev hamda bosh yuriskonsult F. Jo‘rayev mustaqillikning mamlakat taraqqiyoti va xalqimiz hayotidagi ahamiyati, uning huquqiy asoslari hamda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, xodimlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham tushuntirishlar berildi.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan barcha O‘zbekiston xalqini Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!





