Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizlarga sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaydi.
Mustaqillik bayrami – bu millatimizning azaliy va muqaddas orzusi ro‘yobga chiqqan, ozod va erkin hayotga erishgan kunidir. Shu bois, ushbu qutlug‘ sana jahon hamjamiyatida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan xalqimiz uchun eng ulug‘ milliy bayram sifatida keng nishonlanadi.




