Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘rta Chirchiq tumanida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 621,7 mlrd so‘mga yetdi. Jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 3,1 % ni tashkil qildi.
Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 286,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi tutgan ulushi 2,1 % ga to‘g‘ri keldi.




