25/08/2025

 Viloyatimizda aholi soni uzliksiz ravishda ortib bormoqda, 2025- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 3 134 131 kishini tashkil qildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 54 638 kishiga yoki 1,8 % ga koʻpaydi.

Doimiy yashash hududi boʻyicha shahar joylarda 1 564,5 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 49,9 %), qishloq joylarda esa 1 569,6 kishi ((jami aholi soniga nisbatan 50,1 %) istiqomat qilmoqda..

Shulardan

📈Erkaklar soni 1 573 214 kishini yoki (50,2 %)

📈 Ayollar soni esa 1 560 917 kishini yoki (49,8 %) ni tashkil qildi.

Viloyatimiz hududida aholi sonining eng ko‘p o‘sishi shaharlardan Nurafshon shahrida (102,5 %), Ohangaron shahrida (102,2 %), tumanlardan Zangiotada (102,8 %) ga Toshkentda (102,7 %) o‘sishi kuzatildi.