21/08/2025

2025- yilning yanvar-iyul oylarida, Toshkent viloyatida jami 18 583,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 64,9 % ulushni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 88,7 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,9 % ulushni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 29,0 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 14,2 % ulushni va 2024- yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobar oshgan.