2025- yil 1- avgust holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 44 397 tani tashkil etdi, shundan 38 122 tasi yoki 85,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024- yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar soni oʻsishi 107,2 % ni, jumladan kichik biznes va mikrofirmalarda – 108,1% ni tashkil etdi.




