2025- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Qibray tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 3 813 taga yetdi. Shundan 344 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.
6 oy mobaynida 329 ta kichik biznes subyektlari yangi tashkil etilgan. Umumiy faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 3 355 tani tashkil qildi.
Bundan tashqari 132 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 41 tasi qo‘shma korxonalar va 91 tasi xorijiy korxonalar soniga to‘g‘ri keladi.




