2025- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 47,8 % ni to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni tashkil etgan holda 8 019,4 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (2024- yilning mos davriga nisbatan 2,0 m.), Qibray (188,9 %) va Bo‘ka (178,4 %) tumanlarida kuzatildi.




