2025- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi 18 197 ming so‘mga yetdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq shahrida (125 000 ming so‘m), Ohangaron shahrida (52 662,6 ming so‘m), Ohangaron tumanida (35 044,5 ming so‘m), Qibray tumanida (26 264,2 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (18 197,0 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 104,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, Angren shahrida (113,5%), Ohangaron shahrida (107,8 %), Toshkent tumanida (119,5 %) qayd etilib respublika ko‘rsatkichidan ancha yuqori natija qayd etilmoqda




