11/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Zangiota tumanida 1,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil etdi.

Ushbu hududning sanoat ishlab chiqarishda tutgan ulushi 3,1 % ga to‘g‘ri keldi.

Tumanda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 10,2 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.