Joriy yilning 30-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Urunov hamda barcha tizim xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bilimli va tashabbuskor avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlar siyosati sohasida qabul qilingan davlat dasturlari, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, ta’lim va bandlik yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.





