30/06/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilganda, yetakchi o‘rinni 827 ta korxona bilan Xitoy davlati egalladi. Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 41,4 foizini tashkil etdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shayotgan mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi (9,8 %), Turkiya (10,5 %), Qozog‘iston (4,3 %) va Janubiy Koreya (3,3 %) ham alohida o‘rin egallaydi.