Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 206,9 mln AQSH dollariga ko‘paydi va 1 694,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Xizmatlar importi esa 11,4 mln AQSH dollarini yoki jami import hajmining 0,7 % ni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 2,4 martaga ga ko‘paydi.
Toshkent viloyati 87 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar Xitoy Xalq Respublikasi(31,0 %), Rossiya Federatsiyasi (24,3 %), Qozog‘iston (14,0 %), Turkiya (4,2 %), Germaniya (3,4 %), Belorussiya (2,6 %) va Tojikiston (2,5 %) jami importning 82,0 % ni tashkil etdi




