25/06/2025

2025- yilning 1-aprel holatiga koʻra, Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollarning bosh soni 990,8 mingtaga yetgan.

Ushbu koʻrsatkich 2024- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,0 % ga koʻpaygan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yirik shoxli qoramollarning 8,5 foizi fermer xoʻjaliklari hissasiga, 85,9 foizi dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 5,6 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishi kuzatildi.