20/06/2025

 2025- yil 1- may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 847 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 70 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 777 tani tashkil qildi.

Toshkent viloyati bo‘yicha 2025- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 15,8 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 12,0 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 12 707,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 7,8 % ga to‘g‘ri keldi. Toshkent viloyatining jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 80,6 % ni tashkil qildi.