2025- yil 1- iyun holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklarisiz) 43,5 mingtani tashkil etdi, shundan 37,3 mingtasi yoki 85,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024- yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar 104,1 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 104,7 foizni tashkil etdi.



