21/04/2025

 2025- yilning 1- aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 405 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 198 tani tashkil qildi (ulushi 7,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 297 ta
  • Toshkent tumani – 256 ta
  • Qibray tumani – 257 ta
  • Chirchiq shahri – 269 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 170 ta
  • sanoat sohasida – 412 ta
  • qurilish sohasida – 129 ta
  • savdo sohasida – 1 524 ta
  • tashish va saqlash sohasida –54 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 316 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 54 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 139 ta
  • boshqa sohalarda – 400 ta