21/04/2025

2025- yilning 1- aprel holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilganda, yetakchi o‘rinni 775 ta korxona bilan Xitoy davlati egalladi.

Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 40,8 foizini tashkil etdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shaytgan mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi (9,5%), Turkiya (10,5 %), Qozog‘iston (4,2 %) va Janubiy Koreya (3,4 %) ham alohida o‘rin egallaydi.