11/04/2025

   2025- yil 1-aprel holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 42,4 mingtani tashkil etadi, shundan 36,2 mingtasi yoki 85,3 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024- yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar 97,9 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 97,3 foizni tashkil etdi.