07/03/2025

   Joriy yilning 7- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarida boshqarma boshlig‘i Sh.Jamoldinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2025- yildagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlariga ma’lumot va tushintirishlar berib o‘tildi. 

 Mazkur Farmon bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligini tushuntirildi.

Jumladan,

- makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;

- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;

- “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;

- xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;

- aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilanganligini aytdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligini va Respublika statistika kengashi ham tashkil etilganligini, ushbu Kengash rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat ko‘rsatishiga oid masalalar bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblanishi bundan tashqari, xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va (yoki) yillik tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishini belgilanganligini hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026- yil 1-yanvardan boshlab quyidagi hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati, foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati,statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati amalga oshirilishi haqida ham xodimlarga ma’lumotlar berildi.