17/03/2025

   ⚡️2025- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 386 tani tashkil qildi, shundan 28 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.

Bundan tashqari faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 1 210 taga yetdi.

Hududda nisbatan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar savdo sohasida 514 ta, sanoat sohasida 177 ta va qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar 72 tani tashkil qildi.