✅ Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov hamda Parkent tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Komliov bilan birgalikda Parkent tumani uyushgan savdo majmualarida INI (iste’mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida oylik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.
Maʻlumot uchun, Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi oʻrnatilgan boʻlib, mazkur platformada har bir kuzatuvlarning oʻtkaziladigan xizmat koʻrsatuvchi obyektlar roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan, Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, xizmat koʻrsatish narxlarini elektron dasturda qayd etadi.