07/03/2025

   Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, boshqarma rahbariyati hamda xodimlari xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik va omad, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka doimiy hamroh bo‘lishini tiladi. Shundan soʻng, ayollarga bayram sovgʻalari topshirildi va gullar ulashildi.