2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 773 tani, shundan qo‘shma korxonalar 447 ta va xorijiy korxonalar 1 326 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 77 ta
- sanoat sohasida – 689 ta
- qurilish sohasida – 88 ta
- savdo sohasida – 628 ta
- tashish va saqlash sohasida – 34 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 34 ta
- axborot va aloqa sohasida – 68 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 8 ta
- boshqa sohalarda – 147 ta




