Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent viloyatining barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.