Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – “Mahallabay” va “Fuqarobay” tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.



Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.


Yangi yil munosabati bilan agentlik ishchi guruhi vakillari Bekobod shahridagi mahallalarda kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishdi.


Bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.



