Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani 26- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi T.Samenderov, Chinoz tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Axmatov hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.
Semanarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.





