16/12/2024

Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani 3- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi T.Samenderov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.