16/12/2024

2024- yilning yanvar-sentabrida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 27098,3 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Chirchiq shahri (4297,4 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (3766,0 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (2061,2 mlrd. soʻm), Yuqori Chirchiq tumani (1833,0 mlrd. soʻm) va Qibray (1792,5 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bekabod shahrida (174,5 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.