13/12/2024

2024- yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1 091,9 ming taga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 14 ming taga (1,3 %) ko‘paydi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 63,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.