⚡️2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 439 tani tashkil qildi, shundan 221 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.
Bundan tashqari faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 1 265 taga yetdi.
Hududda nisbatan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar savdo sohasida 532 ta, sanoat sohasida 187 ta va qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar 79 tani tashkil qildi.




